Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farmasevtika faoliyatini lisenziyalovchi organ o‘zgardi

Farmasevtika faoliyatini lisenziyalovchi organ o‘zgardi

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar qilmoqda Adliya vazirligi.
Kiritilgan o‘zgartirishlar muvofiq, bundan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmasevtika faoliyatini lisenziyalovchi organ (avval Sog‘liqni saqlash vazirligi) hisoblanadi.

Shuningdek, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ishlab chiqaruvchi va ulgurji realizasiya qiluvchilar ustidan nazorat ham mazkur agentlik tomonidan amalga oshiriladi. 

Endilikda:
- dori vositalari ishlab chiqarishga beriladigan lisenziyada dori vositasi turi ham ko‘rsatiladi;
- lisenziya talabgori farmasevtika mahsulotlari nazorat qilish va hisobga olishning axborot tizimiga ulanishi hamda lisenziyalovchi organga har oyning beshinchi kunidan kechiktirmay o‘tgan oy uchun ma’lumotlar taqdim etishi lozim.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 20:30 20.08.2019. O'qildi: 1395 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!