Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona shahridagi davlat bog‘chalarida bolalarning ommaviy zaharlanishi yuz berganligi yuzasidan xabarlar tarqalmoqda.
Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga Farg‘ona shahridagi 2-, 58- va 61-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi bolalar tana haroratining ko‘tarilishi, qorinda og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi, ich o‘tishi belgilari orqali murojaat bilan kelishgan.
Hozirda viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 52 nafar hamda Farg‘ona shahar bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasida 22 nafar bemorlar stasionar davolanmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Farg‘onadan saylangan Senator Gulnora Marufova hozirda ushbu ko‘ngilsiz holatning oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida barcha zarur choralar ko‘rilayotganini va ular ustidan Oliy Majlisi Senati nazorati o‘rnatilganini ma’lum qildi.