Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘onalik fuqaro xonadoniga quyosh paneli o‘rnatib, 6 oyda 28 mln so‘m foyda oldi

Farg‘onalik fuqaro xonadoniga quyosh paneli o‘rnatib, 6 oyda 28 mln so‘m foyda oldi

Qo‘shtepa tumanida yashovchi Nurmatjon aka Abdullayev o‘z yashash xonadoniga 50 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatdi.

"Avvaliga sinov tariqasida 10 kVt quvvatli quyosh panelini o‘rnatdik. Mutaxassislarga murojaat qilib, tavsiyalarini oldim. Qurilmalarni o‘rnatib bo‘lgach, ularning ishlashini va ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi miqdorini to‘liq hisob-kitob qilishni tushuntirib berishdi, — deydi hamyurtimiz. — "Quyoshli xonadon” dasturiga ulanib olganimdan so‘ng, bir oyda xarajatni qoplash bilan birga 800 ming – 1 million so‘m daromad ola boshladim. Keyinchalik, 50 kVt quvvatli quyosh panellarini o‘rnatdim va jami 6 oyda 28 million so‘mdan ortiq foyda oldim".

"Ba’zi yurtdoshlarimiz hanuzgacha quyosh paneli o‘rnatsammi yoki yo‘qmi, deb o‘ylanib turgan bir paytda, hamyurtimiz iste’molidan ortgan elektr energiyasini davlatga sotib, foyda ham topmoqda" - deyiladi "Hududiy elektr tarmoqlari" AJning rasmiy bayonotida.

Kiritildi: 12:30 03.02.2025. O'qildi: 1330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!