Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Bosh Prokuratura huzuridagi departament hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda deputat ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani xalq deputatlari kengashi deputati, Qo‘qon davlat pedogogika institutida uslubchi lavozimida faoliyat yuritadigan Muhayyo Qodirova, tanishi Mashhura Abdurahimova bilan o‘zaro til biriktirib o‘qishga kiritish mavsumidan muamaygina pul ishlamoqchi bo‘lishgan.
Bu ikki fuqaro Beshariq tumanidan bo‘lgan tanishlarining jiyanini Qo‘qon davlat pedogogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib 7 ming AQSh dollari talab qilishgan.
O‘tkazilgan tadbir davomida ular pora bilan qo‘lga olingan. Hozirda esa bu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.
UzNews.uz