Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Farg‘onadagi ko‘p qavatli uyda portlash sodir bo‘ldi

Joriy yilning 11 aprel kuni soat 06:25 da Farg‘ona viloyati Quvasoy shaxar FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga, Quvasoy shaxar, Ziynat MFY, Azizov ko‘chasida yashovchi fuqaro I.A ning xonadonida chaqnash sodir bo‘lganligi bo‘yicha 101 qisqa raqamiga xabar kelib tushgan. Olingan xabarga ko‘ra  yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga jalb etilib ekipaj tomonidan  qutqaruv ishlari amalga oshirilgan. 
Ushbu xonadon shahar FVB 6-YOQQ qutqaruvchisi oddiy askar V.X tomonidan 2021 yil 10 fevral kuni yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish yuzasidan yo‘riqnomadan o‘tkazilib, maxsus daftarga imzo qo‘ydirish yo‘li bilan tanishtirilgan.
Voqea joyida o‘rganuvlar natijasida, chaqnash gaz va havo aralashmasi natijasida sodir bo‘lganligi aniqlandi. Ta’kidlash joizki, xonadon tabiiy gazdan qarzdorligi sababli tarmoqdan uzib qo‘yilganligiga qaramay, fuqaro A.I tomonidan o‘zboshimchalik bilan rezina shlang orqali yong‘in va texnika xavfsizligi talablariga javob bermaydigan holda noqonuniy ulab olinganligi ma’lum bo‘ldi. 
Natijada xonadon egasi gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida turli xil  darajadagi quyish tan jaroxatlari olgan hamda davolanish uchun shifoxonaga yotqizildi.
Xolat yuzasidan mas’ul mutasaddi tashkilotlar tomonidan binoning foydalanishga yaroqliligi holati o‘rganilmoqda. Chaqnash binoning 4 qavatida sodir bo‘lganligi sababli, qo‘shni 16 ta xonadonda yashovchi 36 nafar fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida, bartaraf etish ishlari yakuniga qadar, yaqin qarindoshlarinikiga vaqtincha ko‘chirildi.
Xolat bo‘yicha tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:30 12.04.2021. O'qildi: 3277 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!