Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Farg‘onadagi jinoyat: hammomda qing‘ir ish sodir etildi

Farg‘onadagi jinoyat: hammomda qing‘ir ish sodir etildi

Energiya resurlaridan oqilona foylanish borasida ommaviy axborot vositalarida har kuni eslatib o‘tilayotgan hamda ularni talon-toroj qilgan iste’lomchilarga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘rilishi mumkinligi tez-tez ta’kidlanayotgan bo‘lsa-da, ayrim iste’molchilar tomonidan hali hamon energiya resurslari tarmoqlariga yashirincha yoki o‘zboshimchalik bilan ulanib, ulardan foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida, Farg‘ona shahridagi xususiy korxonalarning biriga qarashli umumiy xommom tabiiy gaz tarmog‘iga gaz hisoblagich uskunasidan tashqari noqonuniy ulanib, davlat manfaatlariga jami 24.617.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazganligi aniqlandi.

Tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida davlat manfaatlariga yetkazilgan 24.617.600 so‘m moddiy zarar to‘liq qoplanganligi, shuningdek, SH.Azimov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirib, yetkazilgan moddiy zararni 30 kunlik muddat tugamasdan to‘liq qoplaganligini inobatga olib, fuqaro SH.Azimovga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmasdan jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etildi.

 

 

Kiritildi: 17:58 19.08.2019. O'qildi: 7222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!