Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada YPX inspektori o‘qituvchini yerga yiqitib, majburlab mashinaga o‘tqizdi. Nega? (VIDEO)

Farg‘onada YPX inspektori o‘qituvchini yerga yiqitib, majburlab mashinaga o‘tqizdi.  Nega? (VIDEO)

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi va fuqaro ishtirokida yuz bergan holat tasvirlangan video tarqaldi. Unda YPX xodimi yigitni yerga yiqitib, avtomobilga o‘tqizmoqchi bo‘lgani aks etgan.

IIV YHXBB matbuot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, voqea Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani hududidagi harbiy poligonda 2020 yilning 11 yanvar kuni 14 yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazilayotgan kunda yuz bergan.

Tadbir sababli «Farg‘ona—Chimyon» yo‘li YPX xodimlari tomonidan yopilgan vaqtida Farg‘ona tumani Oqbilol qishlog‘idagi 22-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarini poligondagi tadbirga o‘qituvchilar hamrohligida avtobusda olib kelingan.

Shu hududda xizmat olib borayotgan Farg‘ona viloyati IIB YHXB YPX inspektori I.Odilov maktab o‘qituvchilariga tadbir sababli yo‘l yopilganligini, rahbarlardan ruhsat so‘rash kerakligini aytgan. O‘qituvchi esa «menda ruxsatnoma bor, o‘tishim kerak» deb, inspektorga qo‘pol muomala qilgan va inspektor bilan maktab o‘qituvchisi o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra maktab o‘qituvchisi YPX xodimini haqorat qilganligi uchun xodim uni yerga yiqitib, patrul avtomobiliga o‘tqizmoqchi bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan IIV YHXBB tomonidan nazoratga olinib, ayni paytda xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Kiritildi: 15:46 14.01.2020. O'qildi: 3227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!