18 may kuni Farg‘ona viloyatida xizmatdagi xodimning hayotiga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Buvayda tumanida Majburiy ijro byurosi bo‘limi davlat ijrochisi B.B. MIB xodimlari bilan birgalikda “Yangiqo‘rg‘on” avtoshohbekatida joylashgan “Mahbuba Zulfiya” MCHJga tegishli noqonuniy ravishda qurilgan devor va metall darvozani buzdirib, majburiy ijro harakatlarini amalga oshirish uchun borganlarida Dodxo MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan A.A. xodimlarning ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilib, B.B.ning boshiga chopqi bilan urib jarohat yetkazgan. Natijada B.B kasalxonaga yotqizilgan. A.A. ushlangan.