Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada «Spark» beton to‘siqqa urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Farg‘onada «Spark» beton to‘siqqa urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Toshkent-O‘sh yo‘lida «Spark» avtomashinasi beton to‘siqqa urilishi oqibatida ikki nafar shaxs vafot etdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2019 yil 15 noyabr kuni soat 12:30da 61 yoshli M.T. boshqaruvidagi «Spark» rusumli avtomashinasida Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘li bo‘ylab Andijon shahridan Qo‘qon shahriga ketayotgan vaqtida, Uchko‘prik tumani Mehnatobod qishlog‘i hududida ehtiyotsizligi tufayli boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘rtasidagi ikki tomonlama harakatlanish yo‘nalishini ajratuvchi beton to‘siqqa urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.

Oqibatda yo‘lovchi 64 yoshli O.T. (ayol) hodisa joyida, 61 yoshli M.T. (ayol) esa Uchko‘prik tuman TTY jonlantirish bo‘limida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.T.ga nisbatan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

«Yo‘l harakatlari qatnashchilari! Sizlardan belgilangan yo‘l harakati qoidalariga amal qilib yurishingizni so‘raymiz, o‘zingiz va atrofingizdagilarni hayotiga befarq bo‘lmang, zero bir soniyalik befarqlik ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin», - deyiladi Tergov departamenti xabarida.

Kiritildi: 15:16 16.11.2019. O'qildi: 2205 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!