Bugun 5 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada qarzdor mashinasi xatlanmasligi uchun davlat raqamini almashtirib, yashirinib yurgani aniqlandi

Farg‘onada qarzdor mashinasi xatlanmasligi uchun davlat raqamini almashtirib, yashirinib yurgani aniqlandi

Unga ko‘ra, Farg‘ona shahrida yashovchi M.M.ning Kia Sorento rusumli avtomashinasini 443 mln so‘m kredit qarzdorligining evaziga garov mulki sifatida xatlash yuzasidan sud qarori MIB Farg‘ona shahar bo‘limiga kelib tushgan va ijro harakatlari davomida qarzdor ogohlantirilib, muddat berilgan.

Biroq fuqaro qarzini to‘lamaslik maqsadida avtomashinasiga tegishli bo‘lgan davlat raqamini boshqa davlat raqamiga almashtirib, yashirinib yurgan. MIB Farg‘ona shahar bo‘limi tomonidan qidiruvga berilgan avtomashina Farg‘ona shahar ko‘chalarida harakatlanayotgan vaqtida xodimlar bilan hamkorlikda to‘xtatilgan.

Jarima maydoniga olib kelingach, o‘z avtomashinasiga taqib olgan davlat raqami begona shaxsning yuk avtomashinasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.

Harakati davomidagi qoidabuzarliklarini yashirish uchun ataylab ularni ko‘rinmas holga keltirgan va, shuningdek, uni boshqa raqamga almashtirgan shaxslar yana o‘n baravardan ortiq jarima bilan javob berishiga to‘g‘ri keladi.

Kiritildi: 20:10 04.07.2024. O'qildi: 1690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!