Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada qariyb 4 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi bo‘lgan qarzdorlarning garovda bo‘lgan bino inshootlari xatlandi

A A A
Farg‘onada qariyb 4 mlrd. so‘m kredit qarzdorligi bo‘lgan qarzdorlarning garovda bo‘lgan bino inshootlari xatlandi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida ATB “Qishloq qurilish bank”dan 1.534.908.000 so‘m kredit qarzdorligi bo‘lgan «Sweet Bonbon» MCHJdan garov mulki bo‘lgan bino hatlandi.

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida Farg‘ona viloyat iqtisodiy sudining 02.11.2022-yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor “Sweet Bonbon” bank foydasiga jami 1.534.908.000 so‘m kredit qarzdorlgini undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur ijro ishini yuritish bo‘yicha qarzdor bir necha bor ogohlantirilgan bo‘lsa-da, ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy bajarmagan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida, ijro hujjati bilan undiruvga qaratilgan va garov mulki bo‘lgan Qo‘qon shahar, Furqat ko‘chasi, 142-uyda joylashgan bino qarzdorlikni qoplash maqsadida hatlangan. Hozirda «E-IJRO» onlayn savdo maydonchasiga sotuvga chiqarilmoqda.

Shuningdek Qo‘qon shahrida YATT «Pirmatova Sanoat Olimovna» dan undiruvchi ATB “Ipoteka-bank “foydasiga 104.071.656 so‘m qarzdorligi, «Fergana Trade S» MCHJdan undiruvchi ATB “Ipak yo‘li” bank foydasiga 1.034.889.227 so‘m «Porloq chorvador zamini» fermer xo‘jaligidan undiruvchi ATB “Qishloq qurilish bank” foydasiga 824.948.394 so‘m kredit qarzdorliklari sabab garovdagi bino inshootlari hatlandi.

Majburiy ijro byurosi Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan kredit qarzdorligini ixtiyoriy ravishda bartaraf qilmagan qarzdorga nisbatan majburiy ijro choralari qo‘llanilib, qarzdorga tegishli bino xatlanib, sotuvga chiqarildi.

Kiritildi: 18:32 28.08.2023. O'qildi: 1594 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!