Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada qariyb 2 mlrd so‘mlik dorilar yoqib yo‘q qilindi

Farg‘onada qariyb 2 mlrd so‘mlik dorilar yoqib yo‘q qilindi

Ijro harakatlari davomida jami 41 ming dona tibbiy dori vositalari yo‘q qilingan.

Buvayda tuman sudining 2026 yil 29 apreldagi ijro varaqasiga asosan qarzdor S.G‘.ga oid jinoyat ishi bo‘yicha musodara qilinishi belgilangan 66 turdagi jami 41 319 dona tibbiy dori vositalarini yo‘q qilish haqidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va belgilangan tartibda ijroga qaratilgan.

Ijro harakatlari davomida umumiy qiymati 1 milliard 926 million 709 ming 615 so‘m bo‘lgan dori vositalari qonunchilik talablariga muvofiq saqlanib, yo‘q qilish uchun tayyorlandi.

2026 yil 15 iyul kuni Majburiy ijro byurosi Uchko‘prik tuman bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar va xolislar ishtirokida mazkur dori vositalari maxsus tartibda to‘liq yo‘q qilindi. Shu tariqa sud hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlandi.

Kiritildi: 20:42 21.07.2026. O'qildi: 1048 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!