Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada ota farzandiga 84 mln aliment to‘ladi

Farg‘onada ota farzandiga 84 mln aliment to‘ladi

Shu tariqa erkak 18 yoshgacha bo‘lgan aliment majburiyatini oldindan to‘liq bajargan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 2018 yil 30 avgustdagi qaroriga muvofiq, qarzdor S.N.dan undiruvchi S.S. foydasiga farzandlari ta’minoti uchun aliment to‘lash belgilangan edi.

Ijro jarayonlari davomida qarzdor tomonidan farzandlari voyaga yetguniga qadar to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment mablag‘lari oldindan to‘liq qoplab berildi. Jami 7000 AQSh dollari, ya’ni 84 million 700 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari undiruvchiga o‘tkazildi.

Mazkur holatda qarzdor o‘z zimmasidagi majburiyatni to‘liq bajardi va ijro hujjati belgilangan tartibda yakunlandi.

Farzand ta’minoti masalasiga mas’uliyat bilan yondashish har bir ota-onaning muhim burchi hisoblanadi.

Kiritildi: Bugun 18:26. O'qildi: 206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!