Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada media kelajagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yirik forum bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada media kelajagiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yirik forum bo‘lib o‘tdi

Mingga yaqin ishtirokchini jamlagan Media forumda yangi media loyihalar, kreativ tashabbuslar hamda axborot makonida samarali ishlashga qaratilgan innovasion yechimlar taqdim etildi.

Tadbir OAV uchun kontent tayyorlash markazi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Media forum doirasida jurnalistlar, blogerlar, SMM mutaxassislari, mobilograflar, matbuot kotiblari va yosh ijodkorlar o‘zaro tajriba almashib, media sohasining buguni va ertangi rivojlanish yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

Tadbir yakunida Media haftalik doirasidagi trening va seminarlarda faol ishtirok etgan qatnashchilar sertifikatlar bilan taqdirlandi. Forum nafaqat yakuniy sarhisob, balki yangi media g‘oyalar va istiqbolli hamkorliklar uchun muhim muloqot maydoniga aylandi.

Kiritildi: Bugun 21:07. O'qildi: 201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!