Bugun 7 oktyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Farg‘onada korxonaga hisoblangan 3,2 mlrd so‘mlik asossiz soliq qarzi bekor qilindi

Farg‘onada korxonaga hisoblangan 3,2 mlrd so‘mlik asossiz soliq qarzi bekor qilindi


Biznes-ombudsman ma’lum qilishicha , Farg‘onadagi «S.Q.M» MCHJ faoliyatini noqonuniy qayta tekshirgan mansabdor shaxs jarimaga tortildi. Tekshiruv ortidan hisoblangan 3,2 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi ham bekor qilingan.

Holat korxona rahbarining 1100 raqami orqali murojaati asosida o‘rganilgan. Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasining Sharqiy mintaqaviy boshqarmasi korxonada 2023 yil dekabrda tekshiruv o‘tkazgan. Shunga qaramay, inspektor buyruqda belgilangan davr chegaralarini buzib, 2020–2025 yillardagi faoliyatni noqonuniy qayta tekshirgan.

Mansabdor shaxsga BHMning 40 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan. Toshkent tumanlararo ma’muriy sudi inspeksiya mansabdorlarining xatti-harakatlarini qonunga xilof deb topib, tekshiruv dalolatnomasini bekor qilgan.

Kiritildi: 20:51 06.10.2026. O'qildi: 376 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!