Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagan ayol uzr so‘radi. U 5 yilgacha qamalishi mumkin

Farg‘onada imkoniyati cheklangan qizni kaltaklagan ayol uzr so‘radi. U 5 yilgacha qamalishi mumkin

Bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarda nogiron qizning kaltaklangani aks etgan videolavha tarqalgan va mazkur holat keng jamoatchilik o‘rtasida muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, 28 yoshli Mumtozbegim Doniyorova o‘zining nogiron onasiga qarab turishini aytib, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 24 yashar 2-guruh nogironi bo‘lgan Mohizoda ismli qizni olib kelgan.

Videolavhada tasvirlangan holat bo‘yicha berilgan ma’lumotga ko‘ra, ayol onasiga yetarlicha qaramaganligi, shuningdek, o‘g‘irlikda ayblab jabrlanuvchiga tazyiq o‘tkazgan va unga tan jarohati yetkazgan.

Aytilishicha, nogiron qizning oila a’zolari avvalro uni Qo‘qon shahridagi bozorlarning birida yo‘qotib qo‘yadi. So‘ng uni 10 kun davomida qidirib, Kar-soqovlar jamiyatiga ham murojaat qiladi. Bu paytda esa Mumtozbegim Doniyorova uni onamga qaraysan deb o‘z xonadoniga olib keladi.

Shu bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qizning homilador ekanligi va kaltaklanganidan so‘ng homilasidan ayrilgani haqidagi ma’lumot jabrlanuvchining onasi tomonidan rad etildi.

O‘z navbatida Mumtozbegim Doniyorova Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanmoqda. Shuningdek, u muqaddam O‘zRJKning qator moddalari bilan sudlanganligi ma’lum qilindi. Mumtozbegim Doniyorova ayni paytda qilgan ishidan pushaymon ekanligini aytib, jabrlanuvchi va uning oila a’zolaridan kechirim so‘ragan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, Mumtozbegim Doniyorovaga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda. U 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Kiritildi: 12:42 04.06.2021. O'qildi: 3147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!