Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada "ijodiy"ga yuqori ball qo‘ydirib berish evaziga 6 ming dollar pora olgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

Farg‘onada "ijodiy"ga yuqori ball qo‘ydirib berish evaziga 6 ming dollar pora olgan o‘qituvchi qo‘lga tushdi

Farg‘ona davlat universitetining o‘qituvchisi abituriyentni ijodiy imtihondan yuqori ball olib berish evaziga pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

Departament va DXX viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda universitet amaliy matematika va informatika kafedrasi o‘qituvchisi M.S firibgarlik yo‘li bilan SH.A.ni «jismoniy madaniyat« yo‘nalishiga ijodiy imtihonlarda tanishlari orqali yuqori ball qo‘ydirib berishni va’da qiladi. U kimyoviy ishlov berilgan 6 ming AQSh dollarini Farg‘ona shahri, B. Marg‘iloniy ko‘chasida arizachi N.N. dan olgan vaqtda ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan universitet o‘qituvchisi S.M. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a« bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:45 10.08.2019. O'qildi: 2124 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!