Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada ETK muhandisi 3 mln so‘m bilan ushlandi

Farg‘onada ETK muhandisi 3 mln so‘m bilan ushlandi

Qo‘shtepa tumani ETK muhandisi D.T. fuqaroning issiqxonasida elektr tarmog‘iga hisoblagichdan tashqari ulanish bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani yo‘q qilib berish evaziga 3 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qo‘shtepa tumani bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan.

⚖️ Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:48 02.10.2026. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!