Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Farg‘onada elektrobuslar ishlab chiqariladi

A A A
Farg‘onada elektrobuslar ishlab chiqariladi

Xitoyning "Dongfeng motor” avtokonserni Farg‘onada elektrobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha qiymati 100 million dollar bo‘lgan investision loyihani amalga oshirishga kirishmoqda.

Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov “Dongfen motor” avtokonserni boshqaruv vakili Sya Tong Yuanni qabul qildi. Uchrashuvda “Dongfeng motor” kompaniyasi tomonidan viloyatimizda amalga oshirishga kirishilayotgan qiymati 100 million dollar bo‘lgan, shu jumladan, birinchi bosqichda 45 million dollar to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investisiya yo‘naltiriladigan "Dongfeng" elektrobuslarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Mazkur korxona Furqat tumani hududida joylashtirilmoqda. Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegasiyasining yaqinda Xitoyga amaliy tashrifi davomida viloyat rahbari ushbu kompaniyaning ishlab chiqarish majmuasida bo‘lib, elektrobuslar ishlab chiqarish jarayonlari bilan joyida tanishgandi hamda viloyatda elektrobuslar ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investision kelishuv imzolangan edi.

"Dongfeng Special vehicle" mas’uliyati cheklangan jamiyati xorijiy korxonasi viloyatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda yangi korxona guvohnomasi viloyat hokimi tomonidan Sya Tong Yuanga topshirildi.

Kiritildi: 21:01 26.09.2023. O'qildi: 2143 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!