Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilmoqda

Farg‘onada elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilmoqda

O‘zbekiston tumanida Xitoy kompaniyasi investisiyasi hisobidan 150 MVt (300 MVt soat) bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilmoqda.

Bu haqda hokimlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Loyiha Xitoyning “China Energy Construction Gezhouba Overseas Investment Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Davlatimiz rahbarining shu yilning 11-12 iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida ushbu loyiha qurilishiga start berilgan edi. Istiqbolli va yirik loyihani amalga oshirish uchun Xitoy kompaniyasi tomonidan 144 mln dollar miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investisiya yo‘naltirilgan.

Ayni kunlarda loyiha konstruksiyalarining asosiy qismi qad rostlab, qurilish ishlari jadal davom etmoqda. Xitoydan keltirilgan, har birining quvvati 2 MVt bo‘lgan, jami 90 dan ziyod ulkan akkumulyator batareyalari belgilangan manzilga o‘rnatildi. Bunyodkorlik ishlarida 400 nafar quruvchi-mutaxassislar faoliyat olib bormoqda. Loyiha shu yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!