Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada bir guruh o‘qituvchilar pedagogik tajriba almashishdi

Farg‘onada bir guruh o‘qituvchilar pedagogik tajriba almashishdi

Farg‘ona shahar XTB tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida “Maktablar  faoliyatini samarali tashkil etish tajribasi” ilmiy - amaliy seminarlari boshlandi.

Mazkur seminarda Farg‘ona shahridagi 20-son o‘rta ta’lim maktabi pedagoglari ham o‘zlarining fanlar kesimida, ilg‘or tajribalari asosida ochiq darslar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar. Seminarga viloyat tasarrufidagi pedagoglar, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, o‘quv tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, fan o‘qituchilari tashrif buyurishdi va mazkur maktabda ko‘p yillik pedagogik tajribaga ega biologiya fani o‘qituvchisi Dadaboyeva Xuvaydo Abdulboqiyevnaning darsini kuzatishdi.

Dadaboyeva Xuvaydo Abdulboqiyevna o‘zining ko‘p yillik tajribasi, kasbiy mahorati va ayniqsa, o‘z fanining chuqur bilimdoni bo‘lib, sinflar kesimida har bir o‘quvchining yosh xususiyatini hisobga olgan holda biologiya faniga oid o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqdi. Ulardan laboratoriya amaliyoti uchun o‘quv qo‘llanmalar, test va mashg‘ulotlar davomida qo‘llash uchun mavzulardan kelib chiqqan holda masalalar to‘plamini aytish mumkin. Dadaboyeva ushbu to‘plamlarini shahar, viloyat miqyosida ommalashtirdi.

Bundan tashkari, Dadaboyeva o‘quvchi - yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ularni biologiya faniga oid bilim ko‘nikmaviy malakalarini yanada oshirish maqsadida to‘garak mashg‘ulotlari uchun qo‘llanmalar ham ishlab chiqdi. Viloyatdan kelgan mehmon-hamkasblari Dadaboyevaning ilg‘or tajribalari va dars o‘tish uslubiy mahoratini kuzatishib, o‘zlarining iliq munosabatlarini bildirishdi.

Shuningdek,  mazkur maktabda fevral oyida - matematika fani oyligi davomida o‘zining fidoiyligi va o‘quvchilarni fanga qiziqtira bilish mahorati bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan Yodgora Rahimova, Ziyodaxon Abdullayevalarning ham ochiq dars mashg‘ulotlari kelgan mehmonlar tomonidan kuzatilib, kelganlarda ijobiy taassurot qoldirdi.

Seminar yakunida musiqa, tasviriy san’at, texnologiya fanlaridan oid ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining jo‘shqin kuy-qo‘shiq va raqslari bilan kelgan mehmonlarni xushnud qilishdi.

Kiritildi: 12:35 12.02.2020. O'qildi: 6810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!