Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada ayanchli YTH: 2 kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada ayanchli YTH: 2 kishi halok bo‘ldi

20 mart kuni tungi vaqtda Farg‘ona viloyati Furqat tumani hududidan o‘tuvchi A-376 Qo‘qon Jizzax avtomobil yo‘lining 21-kilometrida Beshariq tumanida Bodombog‘ ko‘chasida yashovchi 1999 yilda tug‘ilgan M.S. boshqaruvidagi Spark avtomashinasi yo‘l chetidagi beton simyog‘ochga borib urilgan. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

YTH oqibatida mashina salonida bo‘lgan 6 kishi turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 2 nafari haydovchi M.S. va Beshariq tumani Xalqlar do‘stligi ko‘chasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan M.D. kasalxonada vafot etgan.

Beshariq tumanida yashovchi yo‘lovchilar 1998 yilda tug‘ilgan R.J., 1995 yilda tug‘ilgan M.B., 1997 yilda tug‘ilgan D.SH. va 1999 yilda tug‘ilgan A.SH. esa og‘ir ahvolda jonlantirish bo‘limida ekanligi aytilmoqda.

Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 18:11 22.03.2019. O'qildi: 2267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!