Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘onada antiqa firibgarlik: "ko‘rshapalak uyasi" evaziga 15 300 dollar

Farg‘onada antiqa firibgarlik: "ko‘rshapalak uyasi" evaziga 15 300 dollar

Uchko‘prik tumani Yoyilma qishlog‘ida yashovchi fuqaro M.B. IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, qo‘qonlik SH.M. uni aldab 15 300 dollarini qo‘lga kiritganini ma’lum qildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda.

Arizada qayd etilishicha, 2018 yilning oktyabrida Qo‘qon shahrida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan SH.M. ko‘rshapalak uyasi saraton kasaliga davo ekanligini aytib, uning yashash xonadoniga yelim idishga o‘ralgan narsani olib kelgan. Uni aldab, qurilish materialidan ishlangan narsani ko‘rshapalak uyasi deb bergan. Evaziga uning 15 300 dollar (125 583 012 so‘m) pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tergovga qadar tekshiruv davrida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, fuqaro SH.M.ning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi a bandida (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyat alomatlari borligi aniqlandi. Unga nisbatan mazkur modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari tugatilib, ish sudga yuborildi.

Kiritildi: 13:38 16.04.2019. O'qildi: 3840 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!