Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘onada 23 yashar yigit jinoyatga qo‘l urdi

Farg‘onada 23 yashar yigit jinoyatga qo‘l urdi

Farg‘ona. 2020 yilning 30 iyun kuni soat 04:30 da Qo‘qon shahar Turkiston ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shaxobchasining qorovulxonasidan, 23 yoshli D.K. umumiy qiymati 2.500.000 so‘mlik “Samsung” rusumli televizorini olib chiqib ketayotgan vaqtida, qorovul  59 yoshli Q.D. tomonidan aniqlanib ushlanmoqchi bo‘lganida qorovulni itarib yuborib hodisa joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov harakatlari davomida D.K., dan “Samsung” rusumli televizor ashyoviy dalil tariqasida olinib, u gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va prosessual tartibda ushlangan. tergov harakatlari davom etmoqda.     

Kiritildi: 15:55 02.07.2020. O'qildi: 1822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!