Bugun 5 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada 22 yoshli talaba qiz gaz sizishi natijasida vafot etdi

A A A
Farg‘onada 22 yoshli talaba qiz gaz sizishi natijasida vafot etdi

Bugun Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida Farg‘ona Davlat Universiteti 2-bosqich talabasi bo‘lgan 22 yoshli (2000 y.t.) qiz gaz sizishi natijasida halok bo‘ldi..

Bunga ular yashayotgan hududda elektr tez-tez o‘chishi, gaz bosimining pastligi sabab bo‘lgan. Elektr o‘chsa, gaz bosimi pastligi sabab gaz ham o‘chadi, elektr berilsa, gaz ham yonadi. Kechasi, uxlab yotganida elektr odatdagidek o‘chirilgan, gaz ham o‘chgan, keyin ma’lum vaqtdan keyin elektr qaytgan, gaz ham. Gaz sizib chiqishi natijasida qiz vafot etgan.

Qayta-qayta surishtirdim, gaz so‘ruvchi moslama( motorchik) ishlatilmagan. Tabiiy holatda bo‘lgan hamma jarayon, deb yozadi manba.

Kiritildi: 16:16 22.02.2022. O'qildi: 2494 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!