Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Farg‘onada 11-sinf o‘quvchisi sinfda o‘qituvchisining ko‘z oldida "paqildoq"ni portlatdi

Farg‘onada 11-sinf o‘quvchisi sinfda o‘qituvchisining ko‘z oldida "paqildoq"ni portlatdi

Ijtimoiy tarmoqlarda sinf xonasida o‘qituvchisini oldida pirotexnika vositasini portlatgan o‘quvchining tasviri aks etgan video ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.  Ma’lum bo‘lishicha, sinfda pirotexnika vositasini portlatgan o‘quvchi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanidagi 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinfida tahsil olishi ma’lum bo‘ldi.

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan xabar berilishicha, maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi birinchi navbat to‘rtinchi soatdan keyingi tanaffus paytida maktabning 11-sinf o‘quvchilarining tinchligini saqlash maqsadida xonaga kirgan, o‘quvchilarni tartibga chaqirib, shu sinf o‘quvchisi J.SH.ga xonadagi parta stullarni to‘g‘rilashni buyurgan. J.SH. o‘qituvchining tanbehidan noto‘g‘ri xulosa chiqarib pirotexnika vositasini yoqib yuborgan. Ushbu holatni shu sinf o‘quvchilari A.Q. va N.S.lar videoga olib o‘zining Tik-Tokdagi shaxsiy profiliga joylagan.

Voqea yuzasidan shu kunning o‘zidayoq jamoatchilik va huquq tartibot organ xodimlari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilib, o‘quvchilarning ota-onalariga MJtKning 47-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb hisoblanib, bazaviy hisoblashning 2 baravari miqdorida, ya’ni 446 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan.

O‘quvchilar bir yil muddatga tuman IIBda profilaktik ishlari olib borish uchun ro‘yxatga olingan.  

O‘quvchilar maktabining tajribali pedagog xodimlaridan murabbiy biriktirib, ta’lim tarbiyasini nazoratga olish hamda qiziqishiga ko‘ra to‘garakka jalb qilish to‘g‘risida yakuniy xulosaga kelingan.

Kelgusida maktab ma’muriyati hamda pedagog jamoasi o‘rtasida bunday salbiy xolatlarga yo‘l qo‘ymaslik va o‘quvchilar, o‘qituvchilar tartib intizomini qattiq nazoratga olish, MFY profilaktika inspektorlari bilan xamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Xalq ta’limi vazirligi bu kabi holatlar ayanchli oqibatlarga olib kelmasligi uchun ota-onalardan farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan qarashga chaqirmoqda.

Kiritildi: 16:55 14.12.2020. O'qildi: 3367 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!