Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalar ham faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Farg‘ona viloyatidagi bog‘chalar ham faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi



Farg‘ona viloyatidagi barcha davlat va nodavlat bog‘chalari ham 17 iyulgacha vaqtincha yopildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, bu bo‘yicha shahar va tuman hokimlarining tegishli farmoyishi qabul qilingan. Ularga ko‘ra, barcha bog‘chalar 20 iyul, dushanba kunidan yana odatiy tartibda faoliyat yuritishni boshlaydi.

“Hurmatli ota-onalar!

Farzandlaringiz salomatligiga alohida e’tibor qaratishingizni, kunning eng issiq vaqtlarida ularning ochiq havoda uzoq vaqt bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligingizni, yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilishini ta’minlashingizni hamda shifokorlar tavsiyalariga qat’iy amal qilishingizni so‘raymiz” , deyilgan xabarda.

Kiritildi: 18:29 15.07.2026. O'qildi: 1002 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!