Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona va Qozog‘istonning Atirau viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Farg‘ona va Qozog‘istonning Atirau viloyatlari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Kecha viloyat hokimining o‘rinbosari – viloyat investisiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Iqboljon Ergashev Qozog‘istonning Atirau viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Serik Aydarbekov boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Atirau viloyatiga Farg‘ona viloyatidan qishloq xo‘jaligi va tekstil mahsulotlarini eksport qilish masalalari kun tartibidan o‘rin oldi.

Shuningdek, Atirau viloyatida baliqchilik yaxshi rivojlanganligi bois, bu sohada ham hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhokama qilindi, Atirau shahrida Farg‘ona viloyati Savdo uyini ochish taklif qilindi.

Muloqot davomida iyun oyida ikki tomon o‘rtasida onlayn muloqot o‘tkazishga va hamkorlik uchun zarur ma’lumotlar almashinishga, ortidan Farg‘ona viloyati delegasiyasining Atirau viloyatiga tashrifini tashkillashga kelishib olindi.

Kiritildi: 08:33 20.05.2022. O'qildi: 1927 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!