Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Farg‘ona tumanida maktab remontiga o‘qituvchilardan yig‘di-yig‘di boshlandimi?

Farg‘ona tumanida maktab remontiga o‘qituvchilardan yig‘di-yig‘di boshlandimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «Farg‘ona tumanida maktab remontiga o‘qituvchilardan yig‘di-yig‘di boshlandi» mazmunidagi xabar joylashtirildi. Farg‘ona viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ushbu xabarga rasmiy munosabat bildirdi.

"Avvalo shuni ta’kidlash joizki, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan bunday topshiriqlar berilmagan. Aksincha, o‘quvchi, o‘qituvchi va ta’lim tizimida faoliyat olib borilayotganlarni majburiy mehnatga jalb qilish, ulardan maktab ta’miri uchun, tadbirlar o‘tkazish va boshqa bahonalar asnosida pul to‘plash, yo ish haqlaridan mablag‘ ushlab qolinishiga mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlarda  tarqatilgan xabar esa viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i tomonidan nazoratga olingan. Holat tegishli tartibda  o‘rganiladi va uning natijalari albatta ma’lum qilinadi", deyiladi munosabatda.

Kiritildi: 11:03 22.05.2020. O'qildi: 2206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!