Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Farg‘ona shahrida misdan yasalgan taqinchoqni tilla deb aldab, sotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahrida misdan yasalgan taqinchoqni tilla deb aldab, sotgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahri. 10 may kuni A.CH. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021 yilning aprel oyida noma’lum ayol ishonchiga kirib, sariq rangli metaldan ishlangan taqinchoqni tilladan tayyorlanganligini va 4.500.000 so‘m evaziga sotishini aytib, aldov yo‘li bilan 4.500.000 so‘m miqdoridagi pullarni qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.N. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, prosessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Kiritildi: 09:33 01.06.2021. O'qildi: 1592 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!