Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

A A A
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi benzin ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

Bugundan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi AI-80 va AI-92 benzinlarining umumiy ishlab chiqarish hajmini kuniga 1000 tonnagacha oshiradi, deya xabar berdi zavod matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, zavod avtomobil dvigatellari yuqori sifatli va sovuqqa chidamli yoqilg‘i talab qiladigan qish mavsumida yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban ana shunday strategik qaror qabul qildi.

Benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi yoqilg‘i bozorida barqaror taklifni ta’minlab, zavodga qish mavsumida iste’molchilar talabini samarali qondirish imkonini beradi.

“Saneg” kompaniyasi bosh direktorining neftni qayta ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Habib Latipov benzin ishlab chiqarish hajmining oshirilishi zavodda amalga oshirilayotgan modernizasiya doirasidagi yangi texnologik yechimlar samarasi bo‘lib, aholini arzon yoqilg‘i bilan ta’minlashga qaratilganini alohida ta’kidladi.

Kiritildi: 14:42 11.12.2023. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!