Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

Farg‘ona aeroporti bir necha soatga yopildi

Farg‘ona aeroporti bir necha soatga yopildi

12 mart kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida Novosibirskdan S7-5561 reysi bilan uchgan S7 Airlines (Rossiya) aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagida qolib ketgani tufayli aeroport bir necha soatga yopilib, Boeing 737 samolyoti parvozdan chetlatildi. Bu haqda «Aviatorshina» xabar berdi.

Qayd qilinishicha, samolyot qo‘ngandan so‘ng, uchish-qo‘nish yo‘lagida harakatlanayotganda o‘ng asosiy shassidagi tashqi g‘ildirak chiqib ketgan. Kema komandiri samolyotni to‘xtatib, muhandis-texnik xodimlarni chaqirgan. Samolyotni ko‘zdan kechirish chog‘ida g‘ildirakni ushlab turuvchi murvatlardan bir qanchasi yetishmayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, yo‘lovchilar uchish-qo‘nish yo‘lagiga tushirilib, yuklari bilan birga aeroport terminaliga yetkazilgan. Boeing 737 samolyoti parvozdan chetlatilgan va bir necha soatdan keyin perronga olib borilgan.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona aeroporti yagona uchish-qo‘nish yo‘lagi to‘silib qolgani sababli vaqtincha yopilgan. Shu sababli Vnukovodan Farg‘onaga parvoz qilgan Utair aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘lgan.

S7 aviakompaniyasi O‘zbekistondan qaytish parvozini amalga oshirish uchun Novosibirskdan zaxiradagi samolyotni yuborgani ta’kidlanmoqda.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 640 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!