Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh aytadilar:
“Agar biror shaxs, men tibbiyot fani kitobini o‘qib, doktor bo‘lsam desa, keyin u o‘sha kitobni o‘qib olsa va tushunib ham olsa, undan keyin doktorlik va muolaja qilishni boshlab yuborsa, u holda u qabristonni obod qilishdan boshqa ishni bajara olmaydi. Toki, u biror doktor suhbatini ixtiyor qilmagunicha va u bilan birga biroz muddat yurib ish qilmagunicha, doktor bo‘la olmaydi. Men bundan ham oddiyroq qilib aytamanki, bozorda taom pishirishni o‘rgatadigan kitoblar bor. Ularda taom pishirishlik reseptlari yozilgan. Palov unday qilinadi, biryaniy (palov turi) bunday qilinadi, qovurma shunday qilinadi. Endi, agar biror shaxs faqat u kitobni oldiga qo‘yib olib, palov pishirmoqchi bo‘lsa, Xudo biladi, u nima balo pishirib qo‘yadi? Toki, biror mutaxassis bilan birga yurib, uni mashq qilib va tushunib olmagunicha, u palov tayyorlay olmaydi”.
“Islaahiy xutbaat” kitobidan, 3-jild, 245-bet
Abdulqayyum KOMIL tarjimasi
Manba: azon.uz