Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Falastinlik yigit shahid bo‘ldi

A A A
Falastinlik yigit shahid bo‘ldi

Joriy hafta chorshanbadan payshanbaga o‘tar kechasi Buyuk qaytish norozilik aksiyasida ishtiroki davomida boshidan o‘q yegan 15 yoshli falastinlik yigit vafot etdi. Bu haqda "Anadolu" xabar berdi.

G‘azodagi Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi bergan bayonotida: 15 yoshli falastinlik Mo‘min Abu Iyoda Rafah shahri sharqiy chegaralari yaqinida Isroil harbiylari tomonidan boshiga otilgan o‘qdan orttirgan jarohati oqibatida shahid bo‘ldi, deyilgan.

Chorshanba kuni asr vaqtidan buyon yuzlab falastinliklar G‘azoning sharqiy chegaralarida Buyuk qaytish norozilik aksiyasida ishtirok etmoqdalar. Vazirlik bergan bayonotga ko‘ra, 13 kishi jarohatlangan. Ulardan 5 nafari otilgan o‘qdan jarohat olgan.

Ushbu namoyishlar joriy yil mart oyidan buyon davom etmoqda. Bu tinch namoyishlarni Isroil qo‘shini zo‘ravonlik bostirishga harakat qiladi. Oqibatda o‘nlab falastinliklar shahid bo‘ldi va minglab kishilar jarohat oldi.

Manba: azon. uz

Kiritildi: 16:16 21.09.2018. O'qildi: 1392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik