Muso va Latifa ismli falastinlik aka va singil 14 yil avval taqdir taqazosi bilan ayrilishgan edi. Saudiya Arabistoni hukumatining tashabbusi bilan aka-singil joriy yilgi Haj mavsumida bir birlarini topishga muvaffaq bo‘ldilar.
Saudiya podshohi hisobidan Haj amalini ado etishga kelgan musulmonlar orasida bo‘lgan aka-singillarning biri Misrda, boshqasi esa Livanda yashab kelgan.
Latifaning aytishicha, akasini 14 yil avval ko‘rgan va ular joriy yildagi Haj mavsumida ko‘rishishganida akasi 32 yoshda bo‘lgan. Biroq uning sochlariga oq tushganidan 32 yoshga o‘xshamasligini aytgan. Bu haqda Saudi Gazette nashri xabar berdi.
Manba: muslim.uz