Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Falastinda favqulodda holat muddati yana bir oyga uzaytirildi​​​​​​​

Falastinda favqulodda holat muddati yana bir oyga uzaytirildi​​​​​​​

Falastin prezidenti Mahmud Abbos koronavirus tarqalishi munosabati bilan e’lon qilingan favqulodda holatning muddatini yana 30 kun uzaytirish haqidagi qarorni imzoladi. 

Favqulodda holat asnosida koronavirusdan himoyalanish uchun joriy etilgan choralar davom ettiriladi. Falastin bosh vaziri Muhammad Ishtiyyaning ma’lum qilishicha, barcha viloyatlarda soat 17:00 dan 10:00 gacha komendantlik soati joriy etildi. Soat 17:00 dan keyin dorixonalardan tashqari barcha ish joylari yopiq bo‘ladi. 

Eslatib o‘tamiz, Falastin rahbariyati 6 mart kuni bir oylik favqulodda holat e’lon qilgan edi. 

Kiritildi: 20:30 03.04.2020. O'qildi: 1738 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!