Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Falastin-Isroil muzokarasi yana tugadimi? Qatardagi uchrashuvlar bekor qilindi

Falastin-Isroil muzokarasi yana tugadimi? Qatardagi uchrashuvlar bekor qilindi

Falastinning HAMAS harakati vakillari bilan G‘azo sektoridagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha bilvosita muzokaralarda ishtirok etgan Isroil delegasiyasi Qatar poytaxti Dohadan to‘liq chaqirib olindi. Bu haqda "Al-Ikhbariya" telekanali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil " Dohadagi barcha muzokaralar delegasiyasini chaqirib olgan."

Telekanalning ta’kidlashicha, Isroil muzokarachilar guruhining istisnosiz barcha a’zolari, jumladan, texnik masalalar bilan shug‘ullangan mutaxassislar ham o‘z vataniga qaytmoqda. Qayd etilishicha, Isroil rasmiylari "Doha muzokaralari barbod bo‘lgani" sababli shunday qarorga kelgan.

Amirlik poytaxtida HAMAS va Isroil o‘rtasida G‘azo sektoridagi mojaroni hal qilish bo‘yicha bir necha davra maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi. 20 may kuni Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Soniy bo‘lib o‘tgan muzokaralar tomonlar pozisiyalarining yaqinlashishiga olib kelmaganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "so‘nggi bir necha hafta ichida Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralar raundlari, afsuski, hozircha hech qanday natijaga olib kelmadi, chunki ikki tomon o‘rtasida fundamental uzilish mavjud."

Kiritildi: 17:54 22.05.2025. O'qildi: 417 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!