Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Facebook va Instagram yopilishi mumkin — Meta

A A A
Facebook va Instagram yopilishi mumkin — Meta

Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi (Securities and Exchange Commission, SEC) tomonidan Meta'ga taqdim etilgan hisobotda kompaniya Yevropada Facebook va Instagram'ni yopishi kerak bo‘lgan ssenariyni bayon qildi.

Meta hozirda AQSh va Yevropada foydalanuvchi ma’lumotlarini qayta ishlaydi va saqlaydi. Kompaniyaning bildirishicha, qit’alar bo‘ylab ma’lumotlar bilan ishlash uning biznesi uchun juda muhimdir. Biroq, yangi Yevropa qonunlari foydalanuvchi ma’lumotlarini faqat Yevropa serverlarida saqlash va qayta ishlashni talab qiladi.

Ayni paytda Meta yangi Yevropa qoidalariga mos kelmaydi, bu nazariy jihatdan Yevropada Facebook va Instagram'ning yopilishiga olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, Meta yangi qoidalar ko‘p kompaniyalarga ta’sir qilishini, kompaniyaning o‘zi ham zarar ko‘rishini ta’kidladi.

Kiritildi: 12:24 08.02.2022. O'qildi: 3940 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik