Mark Sukerberg Facebook, Instagram, Whatsapp va kompaniyaga tegishli boshqa ijtimoiy platformalarda 2004 yildan beri eng katta o‘zgarishlarni e’lon qildi.
Algoritmning yangi versiyasida asosiy urg‘u yangiliklar lentasidan storis, guruhlar va voqealarga beriladi.
Bu o‘zgarishlar ham platformalarning dizayni, ham ma’lumot almashinuvning xavfsizligi va qulaylashuvi bilan bog‘liq.
O‘zgarishlar avval AQShda sinovdan o‘tadi, so‘ng boshqa davlatlarga tarqaladi. Desktop versiyasi dizayni ham kelgusi bir necha oy ichida o‘zgaradi.
30 aprel kuni Sukerberg Facebook da hozirga qadar hammaning hamma bilan muloqotiga asosiy urg‘u berilgani, dunyodagi barcha odamlarni bir-biri bilan bog‘lash muhim maqsad bo‘lganini, ammo kelajakda bunday yondashuv o‘zgarishini aytgan. Uning aytishicha, kelajak shaxsiy hayot daxlsizligidir (Future is private). Kelgusida barcha o‘zgarishlar kichik guruhlar, shaxsiy muloqotlarga qaratiladi. Shaxsiy hayot, qiziqishlar daxlsizligi, har bir insonning o‘z hikoyasini kim bilan va qanday shaklda bo‘lishishni o‘zi ko‘proq nazorat qila olishi, o‘zaro muloqotlarning xavfsizligi Facebook platformalaridagi o‘zgarishlarning pirovard maqsadi bo‘ladi.
Manba: minbar.uz