Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Eyfel minorasining bir bo‘lagi 275 ming yevroga sotildi

Eyfel minorasining bir bo‘lagi 275 ming yevroga sotildi

Parijdagi auksionda 1 dekabr kuni Eyfel minorasining bir bo‘lagi sotuvga qo‘yildi.

Artcurial kimoshdi uyining ma’lum qilishicha, lot 275 ming yevroga sotilgan, deb xabar berdi «Korrespondent.net».

Minora bo‘lagi ismini oshkor qilmagan yevropalik kolleksioner tomonidan sotuvga qo‘yilgan. Uning boshlang‘ich narxi 30 ming yevroni tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, sotuvga qo‘yilgan lotning balandligi 3 metr bo‘lib, u avvallari Eyfel minorasining ikkinchi va uchinchi qavatini birlashtirib turgan spiralsimon zinaning bir qismi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda amerikalik xaridorga Eyfel zinasining to‘qqizta pog‘onasi sotilgan edi. O‘shanda uning narxi 550 ming dollarni tashkil etgandi.

Kiritildi: 05:00 04.12.2020. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!