Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Eyfel minorasini portlatishga urinishdi

Eyfel minorasini portlatishga urinishdi

Parijdagi Eyfel minorasiga tashrif buyurganlar mahalliy polisiya ushbu joyga bomba o‘rnatilgani haqida xabar berganidan keyin evakuasiya qilindi.

Manbaning xabar berishicha, portlash xavfi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lgan anonim qo‘ng‘iroq huquqni muhofaza qilish idoralariga 23 sentyabr, chorshanba kuni peshin vaqtida kelib tushgan, shundan so‘ng barcha zarur choralar ko‘rilgan.

Minora hududi va unga yaqin joy polisiya tomonidan o‘rab olingan va transport harakati uchun to‘sib qo‘yilgan.

Keyinchalik,  France Bleu radiostansiyasining ma’lum qilishicha,  tekshiruvdan ikki soat o‘tgach, minora va attraksion yana ishga tushirilgan. Ta’kidlanishicha, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tintuv paytida hech qanday xavfli narsalarni topishmagan.

Kiritildi: 08:25 24.09.2020. O'qildi: 2535 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!