Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ey, nomard! Qirq kunlik chaqaloqni qanday qilib sotasan?

Ey, nomard! Qirq kunlik chaqaloqni qanday qilib sotasan?

Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumanidagi Jarqishloq mahallasida yashovchi Fotih Sotiboldiyev (ism-sharif o‘zgartirildi) uyida turmushdan ajrashgan 31 yoshli qizining qirq kunlik o‘g‘il farzandini 1,5 million so‘mga sotayotganida huquq-tartibot idoralari xodimlari qo‘liga tushdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘z nevarasini arzimagan pulga sotishni mo‘ljallagan 51 yoshdagi bu shaxsning qilmishidan mahalladoshlari ham yoqa ushladi.

Ayni paytda F. Sotiboldiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:31 08.11.2018. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!