Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Ey Hotam, namozni qanday o‘qiysiz?

Ey Hotam, namozni qanday o‘qiysiz?

Isom ibn Yusuf bir kuni Hotam al-Asomning majlisiga kirib, «Ey Hotam, namozni yaxshi ado qilasizmi?» deb so‘radi. «Ha», dedi Hotam.

«Namozni qanday o‘qiysiz?» so‘radi u yana.

Hotam al-Asom shunday dedi: «O‘rnimdan turaman, qo‘rquv bilan namozga yurib boraman, niyat bilan kirishaman, ulug‘vorlik bilan takbir aytaman, tartil va tafakkur bilan qiroat qilaman, xushu’ bilan ruku’ga boraman, tavoze bilan sajda qilaman, tugatish uchun tashahhudga o‘tiraman, niyat bilan salom beraman, Alloh azza va jalla uchun ixlos bilan tugataman, yana xavf bilan namozdan qaytaman, chunki Alloh mendan buni qabul qilmay qolishidan qo‘rqaman va o‘lgunimcha bor kuchim bilan namozimni muhofaza qilaman». 

Isom ibn Yusuf: «Namozni juda yaxshi ado qilar ekansiz», dedi.

«Solihlar gulshani» kitobidan

 

Kiritildi: 07:10 14.10.2020. O'qildi: 2824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!