Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Evropaning eng yirik aeroporti tarixda ilk bor o‘z maqomini yo‘qotdi

Evropaning eng yirik aeroporti tarixda ilk bor o‘z maqomini yo‘qotdi

Londonning Hitrou aeroporti tarixda birinchi marta Yevropaning eng yirik aeroporti maqomini yo‘qotdi.

Uni Parijdagi Sharl de Goll aeroporti ortda qoldirdi.

Hitrou yanvar-sentyabr oylarida 18,97 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, Parij aeroportida bu ko‘rsatkich 19,27 mln nafarni tashkil etgan.

 Uchinchi o‘rinda Amsterdamning Shiphol aeroporti turibdi (17,6 mln nafar yo‘lovchi), keyingi o‘ringa esa Frankfurt aeroporti joylashgan (16,16 mln).

 Yo‘lovchi oqimining pastligi sababli Hitrou yil boshidan buyon 1,5 mlrd funt sterling zarar ko‘rgan, deb yozadi The Guardian.

 Hitrou rahbariyati yo‘lovchilarni koronavirusga testdan o‘tkazish rejimini joriy etishda "sust harakat" qilayotgani uchun hukumatni keskin tanqid qilgandi. Qayd etilishicha, shu sababli uning boshqa aeroportlarga nisbatan raqobatbardoshligi yomonlashmoqda.

Kiritildi: 15:15 31.10.2020. O'qildi: 1980 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!