"Bu o‘sish allaqachon yuqori darajada bo‘lgan davlat qarzlari hisobiga amalga oshiriladi. Harbiy texnika va qurollar ishlab chiqarilishi YAIM ko‘rsatkichlarida hisobga olinadi, ammo yerga ko‘milgan mina yoki kazarmada g‘ilof ostida turgan gaubisalardan uzoq muddatli samaradorlikni kutib bo‘lmaydi. Ular bosqindan himoya qilib, tizimning YAIM ishlab chiqarishini ta’minlashi mumkin, ammo yakuniy iqtisodiy natijalarga qo‘shgan hissasini miqdoriy baholash qiyin", deyiladi maqolada.
Boshqa tomondan, investisiyalar oxir-oqibat fuqarolik iqtisodiyotida qo‘llaniladigan texnologik innovasiyalarga olib kelishi va unumdorlikni oshirib, o‘zini oqlashi mumkinligiga umid bor. Biroq qisqa muddatli davrda iqtisodiy bosim muqarrar bo‘lib, boshqa xarajatlarni qisqartirishni talab qiladi.
"Biz hech qachon Xitoy kabi strategik raqibdan ko‘proq mahsulot ishlab chiqara olmaymiz. Biz operasiyalarni ular bilan solishtirganda 10, hattoki 100 baravar samaraliroq o‘tkazishni o‘rganishimiz kerak", — deya fikr bildirdi Comand AI mudofaa kompaniyasi hammuassisi Luik Mujol.