Bugun 23 sentyabr, 2026 yil, chorshanba

КИР

Evropada gaz narxi avgust oyida qariyb 17 foizga oshdi

Evropada gaz narxi avgust oyida qariyb 17 foizga oshdi

Evropada gazning o‘rtacha birja narxi avgust oyida iyul oyiga nisbatan 16,9 foizga oshdi va ming kub metr uchun 745,4 dollarni tashkil etdi.

Bu haqda Londondagi ICE birjasi ma’lumotlari asosida RIA Novosti hisob-kitoblari guvohlik bermoqda.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, narxlarning o‘sishi Eron va AQSh o‘rtasidagi ziddiyatning keskinlashuvi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovi to‘xtab qolishi mumkinligi haqidagi xavotirlar, shuningdek, Yevropadagi yerosti gaz omborlarining to‘ldirilish darajasi pastligi bilan bog‘liq.

Avgust oyi oxirida gaz kotirovkalari ming kub metr uchun 848,7 dollargacha ko‘tarildi.

Shu tariqa, gaz narxi 19 martdan beri ilk bor 800 dollarlik chegaradan oshib ketdi.

Kiritildi: 12:08 01.09.2026. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!