Bugun 21 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Evropa Ukrainaga 20 million yevro ajratdi

A A A
Evropa Ukrainaga 20 million yevro ajratdi

Evroittifoq Ukraina infratuzilmasining qish mavsumiga tayyorlanishi uchun 20 million yevro ajratdi. Bu haqda Zamon sayti YEIning Ukrainadagi vakolatxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar bermoqda.

Ushbu mablag‘lar xarobalarni tozalash hamda infratuzilma ob’ektlarini ta’mirlash uchun sarflanadi. U BMTning Taraqqiyot dasturiga o‘tkazib beriladi.

"O‘ta muhim infratuzilmaning tezkor ta’mirlanishi, ayniqsa, yaqinlashib kelayotgan qish mavsumi oldidan eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bizning loyihadan ko‘zlangan maqsad Ukrainani elektr, suv va issiqlik bilan ta’minlaydigan ob’ektlar faoliyatini qayta tiklash", — degan Taraqqiyot dasturining Ukrainadagi vakili Manal Fouani.

Bundan tashqari, Turkiya ham infratuzilma ob’ektlarini qayta tiklashga yordam berishni va’da qilgan.

Kiritildi: 13:55 19.08.2022. O'qildi: 1957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik