Bugun 23 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Evropa Ukrainaga 1 million snaryadni yetkazib berolmasligini tan oldi

Evropa Ukrainaga 1 million snaryadni yetkazib berolmasligini tan oldi

Evropa Ittifoqi davlatlari Ukrainaga va’da qilingan 1 million snaryadni yetkazib berolmaydi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozef Borrel ma’lum qildi, deb yozmoqda TASS.

“Ukrainada urush boshlanganida bajara olamizmi-yo‘qmi, bilmay turib Ukrainaga 1 million snaryad yetkazishga va’da berdik. Keyin esa qila olmasligimiz ma’lum bo‘ldi. Biz bu vazifani bajara olmadik”, - dedi Jozef Borrel.

Uning ta’kidlashicha, Yevroittifoq o‘q-dorilar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirgan, ammo ular armiyamiz zaxirasini to‘ldirishga hali yetmaydi.

“Biz Ukrainaga potensial mojarolarni yengish va birinchi navbatda kelajak texnologiyalar yordamida ertangi kunga tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur bo‘lgan barcha yordamni taqdim eta olishdan yiroqmiz”, - deya tan oldi Yevropa tashqi siyosat mahkamasi rahbari.

“Yo‘q, biz urush yo‘lida emasmiz, chunki biz urushda emasmiz va jang qilishni ham xohlamaymiz. Lekin biz yashayotgan geosiyosiy vaziyatdan hali yetarlicha xabardor emasmiz. Va Dragi (Italiyaning sobiq bosh vaziri, Yevropa Markaziy banki sobiq rahbari Mario Dragi nazarda tutilmoqda – Azon Global) hozirgina o‘z hisobotida geosiyosiy kontekst juda xavfli bo‘lib borayotgan bir paytda, bizda juda muhim texnologik bo‘shliq borligini aytdi”, - deya qo‘shimcha qildi u.

O‘tgan hafta Italiyaning sobiq bosh vaziri va Yevropa Markaziy bankining sobiq rahbari Mario Dragi Yevropa Ittifoqi raqobatbardoshligining kelajagi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Unda ta’kidlanishicha, agar hech narsa o‘zgarmasa, Yevropa Ittifoqi asta-sekin o‘lim azobiga duch keladi. U agar YEI AQSh va Xitoy bilan hamnafas bo‘lishni istasa, yiliga 800 milliard yevrogacha qo‘shimcha sarmoya kerak bo‘lishini qayd etdi. Bu - Yevropa Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanish uchun kiritgan sarmoyasidan ikki baravar ko‘p.

"Biz allaqachon Yevropada iqtisodiy o‘sish sekinlashayotganini aytmoqganmiz, lekin e’tiborsiz qoldirildik, - dedi Dragi. - Endi bunga e’tibor bermay ilojimiz yo‘q. Jahon savdosi sekinlashmoqda, Xitoy kuchli sekinlashmoqda, lekin u biz uchun kamroq ochiq bo‘lib qoldi va jahon bozorlarida biz bilan barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha raqobatlashmoqda. Biz arzon energiyaning asosiy yetkazib beruvchimiz - Rossiyani yo‘qotdik. Endi esa Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri birinchi marta mudofaaga sarmoya kiritishimiz kerak bo‘lmoqda”.

Kiritildi: Bugun 17:48. O'qildi: 443 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!