Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Evropa Ukrainadan parranda go‘shti olib kelinishini taqiqladi

Evropa Ukrainadan parranda go‘shti olib kelinishini taqiqladi

Evroittifoq Ukrainada parranda grippi kuzatilgan holatlar aniqlanganidan keyin mazkur mamlakatdan parranda go‘shtini olib kelinishiga vaqtinchalik taqiq qo‘ydi.

“RIA Novosti“ xabarida aytilishicha, bu haqda Ukraina davlat oziq-ovqat ta’minoti xizmati matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Mamlakatda parranda grippi bilan bog‘liq oxirgi holat 18 yanvarda Vinnisa viloyati korxonalaridan birida qayd etilgan.

Taqiq tuxum va tuxum mahsulotlariga tatbiq etilmagan, deyiladi xabarda.

Manba: uza. uz

Kiritildi: 05:00 26.01.2020. O'qildi: 1773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!