Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Evropa parlamenti Rossiyadagi prezidentlik saylovlarini noqonuniy deb tan oldi

Evropa parlamenti Rossiyadagi prezidentlik saylovlarini noqonuniy deb tan oldi

Evroparlament Rossiyada bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlarini tanqid qiluvchi rezolyusiya qabul qildi. Uni qabul qilish uchun 522 deputatdan 493 nafari ovoz berdi.

Hujjatda, xususan, «Rossiyadagi prezidentlik saylovlari» Ukrainaga bostirib kirishi fonida qo‘rquv va repressiya muhitida o‘tgani aytiladi. Yevroparlament Yevropa Ittifoqi davlatlari va xalqaro hamjamiyatga Rossiya Federasiyasidagi prezidentlik saylovlari natijalarini tan olmaslikni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, Yevroparlament Vladimir Putin siyosatiga norozilik bildirayotgan rossiyaliklarni qo‘llab-quvvatladi. Deputatlarga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiya fuqarolik jamiyati bilan birdamlik ko‘rsatishi va siyosiy mahbuslar, mustaqil matbuot va huquq himoyachilarini qo‘llab-quvvatlashi kerak. Rezolyusiyada Rossiya fuqarolarining ovoz berish vaqtida bo‘lib o‘tgan muxolifatning «Putinga qarshi» mitingida ishtirok etishi qayd etilgan.

Yakuniy hujjatda, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlaridan siyosiy ta’qibga uchragan rossiyaliklarga gumanitar vizalar berish va ularga boshqa yordam ko‘rsatish chaqirig‘i ham bor.

Kiritildi: 20:06 25.04.2024. O'qildi: 947 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!